Republika allergologiya markazi

Загрузка

Malakaviy imtihonga hujjat topshirish uchun e’lon!

Malakaviy imtihonga hujjat topshirish uchun e’lon!

Hurmatli tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanuvchilar diqqatiga!

Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun ilmiy izlanuvchilarga 14.00.36 – Allergologiya va immunologiya ixtisosligi bo‘yicha malakaviy imtihon o‘tkazilishi yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori hamda Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining qarori bilan tasdiqlangan “Malakaviy imtihonlarni o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizom”ga asosan, allergologiya va immunologiya ixtisosligi bo‘yicha reja asosida (navbatdagi) malakaviy imtihonlarni topshirish uchun Markaz qoshidagi malakaviy imtihon o‘tkazuvchi komissiyaga quyidagi hujjatlar to‘plamini to‘liq holda topshirish lozim:

1. Ariza (telefon raqami ko‘rsatilgan holda);

2. ID karta (pasport) nusxasi;

3. Ilmiy ish mavzusi tasdiqlangan Ilmiy kengash qarori va/yoki chop etilgan OAK byulletenidan nusxa;

4. Boshqa muassasa ilmiy izlanuvchilari uchun – yo‘llanma xat;

5. Mustaqil izlanuvchilikka yoki tayanch doktoranturaga qabul qilinganlik haqidagi buyruq;

6. Annotatsiya (ilmiy rahbar va talabgor tomonidan imzolangan va tasdiqlangan);

7. 3- va 4-shakllar (tasdiqlangan);

8. Diplomlar (bakalavr, magistratura / klinik ordinatura).

Hujjatlar qabuli 19-oktyabrdan 2-noyabr (soat 16:00) gacha davom etishini ma’lum qilamiz.

Izoh: O‘tkazilishi rejalashtirilgan malakaviy imtihonlarning sanasi va bo‘lib o‘tadigan joyi haqida qo‘shimcha xabar beriladi.
O‘tkazilishi rejalashtirilgan Malakaviy imtihonlar sanasi va bo‘lib o‘tadigan joyi qo’shimcha xabar beriladi.