Республика ихтисослаштирилган аллергология ва клиник иммунология илмий амалий тиббиёт марказида олий тоифали, кўп йиллик тажрибага эга бўлган эндокринолог шифокоримиз Абдуллаева Барно Хикматуллаевна иш бошладилар!
Эндокринолог мутахассисимизга сиз жонли навбат асосида марказга келиб мурожаат қилишингиз мумкин! Агар сизда эндокрин касалликлари мавжуд бўлса албатта ёрдам берамиз!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-may kunidagi “2030 yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 184-sonli Qarorining 2-ilova “2030 yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini 2025-2026 yillarda amalga oshirish boʻyicha “YOʻL XARITASI”ning 53-bandida Davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlarida “Ekofaol xodim” nomli alohida boʻlim ochildi va ijroni samarali ta’minlash uchun ekologik targ’ibot ishlari olib borilmoqda.
2025-yil 5-6-7 fevral kunlari Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari PhD Aydarova N.P. boshchiligidagi markazning yetakchi shifokorlaridan iborat ichshi guruh Qoraqalpog’iston Respublikasining mintaqaviy filialida bo’lishdi.
Avvalo ishlar Qoraqalpog’iston Respublikasi Sog’liqni saqlash boshqarmasi va respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi o’rtasida 2025 yil uchun yangi memorandum imzolandi.
Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiyta va klinik immunologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi direktori t.f.d., professor Razikova Ilmira Sadullayevna shifokorlar uchun «Bronxial astma — Xalqaro GINA tavsiyalari 2024» mavzusida zoom platformasida onlayn ma’ruz o’qib berdilar. Ma’ruzada nafaqat allergolog shifokorlar balki birlamchi bo’g’in umumiy amaliyot shifokorlari ham faol ishtirok etishdi. Bemorlarda va o’z amaliyotlarida uchrayotgan muammolar muhokama qilindi va savollariga javob olishdi.
Markazning yetakchi shifokoraridan iborat ishchi guruh shifokorlar uchun ambulator sharoitda 18 soatli «Allergik kasalliklarni davolash» mavzusida mahorat darslarini o’tib berishdi. Ushbu darslarda faol qatnashgan, barcha bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirgan shifokorlarga sertifikatlar topshirildi.
Albatta ishchi guruh tomonidan ushbu mintaqada allergik kasalliklardan aziyat chekayotgan bemorlar uchun tibbiy ko’rik tashkil qilindi. Joylarda tashkil etilayotgan ushbu tibbiy ko’riklarda o’zlarini ko’p yillardan buyon qiynayotgan savollarga bemorlar markazning yetakchi shifokorlaridan javob olishdi.
Ushbu tibbiy ko’rikda faqatgina bemorlarni ko’rib, ularga kerakli tavsiyalar berishdan tashqari atopiyasi (kuchli allergik kasalliklari bor) bemorlardan markazning ilmiy laboratoriyasida molekular genetik darajada bepul tekshirish uchun qon olindi.
Bemorlar uchun «Astma maktabi» tashkil etilib allergik kasalliklar, ularning sababchilari, davolash usullari va respublika miqyosida allergologiyada soxasida qilinayotgan ishlar va yangiliklar bilan tanishtirildi.
Республиканский специализированный научно-практический медицинский центр аллергологии и клинической иммунологии приглашает Вас принять участие в V международном конгрессе аллергологов-клинических иммунологов Узбекистана “Современные тенденции в лечении аллергических заболеваний”, который будет проводиться 17 ноября 2025 года в г. Ташкент, зал заседаний гостиницы AZIMUT Grand Hotel Tashkent, 18 ноября 2025 года в зале заседаний Республиканского специализированного научно-практического медицинского центра аллергологии и клинической иммунологии.
Hozirgi kunda allergiyaning sababini oqsil darajasida (yani allergik kasallikni aniq sabbabini) aniqlash imkonini beruvchi tekshiruv borligi haqida bilasizmi? Bu tekshiruv oziq ovqatlarga allergiyasi bor bo’lgan bemorlarda dietani kengaytirish ya’ni koproq mahsulot yeyishga yordam beradi!
Qanday?
Yorqin misol pishirish, qaynatish natijasida mahsulotlarni istemol qilish mumkin. Olmani shunchaki yegan vaqtda allergiya kuzatilgan bo’lsa pishirilgan vaqtda bu holat kuzatilmaydi, sutni hom holatda ichgan vaqtda allergiya kuzatilsa, qaynatilgan sutni ichgan vaqtda kuzatilmaydi.
Lekin yeryong`oq qovurilgan vaqtda oddiy holatga nisbatan allergiya berish qobiliyati oshib ketadi!
Shuning uchun bu tekshiruv muhim va har bir bemor uchun alohida dieta tavsiya qilish kerakligini ko`rsatadi.
Bu molekular tekshiruv — butun dunyoda tan olingan allergodiagnostika uchun «oltin standart»!
Bizning markazimizda ushbu tekshiruv mavjud! 1 tomchi qon topshiring va doimiy dietadan kora koproq mahsulotlarni iste`mol qiling!
Осенью у каждого педиатра, терапевта, аллерголога, пульмонолога и другого врача терапевтической направленности половину приема составляют кашляющие пациенты. ⠀ Затяжной или Хронический кашель — это кашель, который длится более 8 недель и может быть симптомом различных заболеваний. ⠀ Первое, что мы можем подумать — ОРВИ, астма, covid-19. А список ведь намного шире. ⠀ 😮💨 Гастроэзофагеальный рефлюкс: когда желудочный сок поднимается вверх по пищеводу и раздражает гортань. ⠀ 😮💨 ХОБЛ: болезнь курильщика. Люди с длительным стажем курения имеют диффузное поражение лёгких. ⠀ 😮💨 Коклюш: азиатское название — стодневнвй кашель. После перенесенной инфекции кашель сохраняется до полугода. ⠀ 😮💨 Пневмония. Не всегда течение пневмонии классическое. Может не быть высокой температуры и внезапного начала. ⠀ 😮💨 Другие причины — синдром кашля по рассеянному склерозу, сердечная недостаточность, онкологические заболевания легких, гортани или плевры, пневмофиброз (разрастание соединительной ткани в легких, что сокращает их объем и вызывает кашель). ⠀ Практически каждый диагноз можно подтвердить лабораторно (с помощью анализов крови) или инструментально (например, КТ или МРТ). ⠀ Чтобы подтвердить или опровергнуть диагноз аллергии есть Phadiatop ImmunoCAP. А чтобы не запутаться в таком разнообразии диагнозов, нужно обратится к врачу.
Аллергик касалликни даволашда биринчи ва энг муҳим қадам, албатта, ташхис қўйишдир. Шифокор ҳар доим беморни касаллик тарихини ўрганишдан ишни бошлайди, кейинги қадам шикоятларига қараб қуйидаги саволларга жавоб беради:
Бу аллергиями ёки йўқми? 🤷♀️ Шу вақтгача умумий IgE даражасини аниқлаш аллергияни аниқлашда ишлатилган, аммо ҳозирги вақтда ушбу таҳлилни қўллаш тавсия этилмайди. Чунки аллергик касаллик ҳар доим ҳам умумий IgE нинг сезиларли даражада ошиши билан бирга келмайди ва аксинча — умумий IgE нинг юқори даражаси бошқа кўплаб ҳолатларда (паразитар инфекциялар, саратон, баъзи қон касалликлари, атопик дерматит ва бошқалар) кузатилиши мумкин. Саволга жавоб бериш учун (бу аллергия ёки йўқми?) шифокор Phaditop ёки Phaditop infant (болалар) текширувини тавсия қилиши мумкин.
Аллергия сабаби нима? ❓ Ушбу саволга жавоб бериш учун шифокор қонда специфик IgE миқдорини яъни касаллик сабабчиларини (озиқ овқат аллергенлари, гул чангчалари аллергенлари ва бошқалар) аниқлашни буюриши ёки ушбу аллергенлар билан тери тестларини ўтказиши мумкин.
Ушбу муаммоларни ҳал қилиш учун молекуляр аллергологик диагностика – ImmunoCAP алоҳида махсулотларга текшириш керак.
Республика ихтисослаштирилган аллергология ва клиник иммунология илмий амалий тиббиёт марказида аллергияни тўлиқ ташхислаш ва самарали даволаш учун барча имкониятлари бор. Агар сизда бирон бир савол бўлса – бизнинг шифокоримиз жавоб берадилар.