Umumxalq xayriya hashari o’tkazildi
Vazirlar Mahkamasining 72-sonli farmoyishiga muvofiq, 13-14-mart kunlari mamlakatimiz bo‘ylab “Yurt obodligi – avvalo mahalladan boshlanadi” shiori ostida umumxalq xayriya hashari keng ko‘lamda o‘tkazilmoqda.
Hashar tadbirlari doirasida hududlarda, xususan, ko‘p qavatli uylar tutash maydonlarda obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda. Jumladan, lotok va yo‘laklar chiqindilardan tozalanib, daraxtlar butalmoqda va oqlanmoqda, hududlar yovvoyi o‘tlardan tozalanib, yerlar shudgor qilinyapti hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.
Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazida ham hashar ishlari uyushqoqlik bilan tashkil etilib, markaz joylashgan hudud atrofi tartibga keltirilmoqda. Jarayonda barcha markaz xodimlari faol ishtirok etmoqda.
Hududlarni obodonlashtirish, yashil maydonlarni parvarishlash va tozalash ishlari orqali markazda yanada qulay va shinam muhit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Bunday ezgu tadbirlar nafaqat hududlar obodligiga xizmat qiladi, balki aholi o‘rtasida hamjihatlik va birdamlik muhitini yanada mustahkamlaydi.
.

.

.

.

.

.

.

.

.

.

.

.

.

.

.

.



