Korrupsiyaga qarshi kurashish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PQ-147-sonli qaroriga muvofiq, mehnat jamoasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatlarni shakllantirish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik va odob-axloq qoidalariga rioya qilish bo‘yicha targ‘ibot va tashviqot ishlarini olib borish davlat organlari va tashkilotlarning ustuvor vazifalaridan biri etib belgilangan. Mazkur ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, xodimlarda qonunga va huquqga bo‘lgan xurmat xissini yanada kuchaytirish, xuquqbuzarliklar profilaktikasining samaradorligini oshirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi PF-5618-sonli farmoni bilan tasdiqlangan Jamiyatda xuquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi 4-bandining beshinchi kichik bandiga asosan, Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimida 2025-yiling avgust oyi “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” deb e’lon qilingan. Oylik doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazida markaz rahbari prof. Razikova I.S. boshchiligida markazning barcha xodimlari va Olmazor tumani IIB jinoyat qidiruv tizkor bo‘limi xodimi kapitan Mamadaliyev X. B. xamda Olmazor tumani prokuror o‘rinbosari mayor Akilov S.A. ishtirokida markazning katta majlislar zalida “Korrupsiyaga qarshi kurashish borasida O‘zbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari” mavzusida uchrashuv va ochiq davra suxbati bo‘lib o‘tdi. Ushbu uchrashuvda mas’ul xodimlar sog‘liqni saqlash soxasida korrupsiyaga tegishli vaziyatlarni tanishtirdilar va xodimlarni qiziqtirgan barcha savollarga javob berdilar.

—

—

—

—

—

—

—

—

—
