Ushbu bo’limda Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi kattalar poliklinikasi bo’limi haqida, ushbu bo’limda faoliyat yuritayotgan shifokorlar haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.
Kattalar poliklinikasi markazga ambulator murojat qilib kelgan barcha 18 yoshdan katta bo’lgan bo’lgan bemorlar uchun xizmat ko’rsatadi.
Bo’lim shifokorlari haqida ma’lumotlar:
Raximova Muqaddas Raximovna
Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi
Kattalar poliklinikasi bo’limi boshlig’i, allergolog shifokori
Dustbabayeva Nazifa Damirovna
Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi
Dotsent, PhD, allergolog shifokori
Shorustamova Saodat Sobirjonovna
Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi
allergolog shifokori
Akromov Anvar Toxir o’g’li
Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi
allergolog shifokori
Ushbu bo’limda faoliyat yurityotgan allergolog shifokorlar bemorlarda uchraydigan allergik kasalliklarda ambulator murojaat qilib kelgan bemorlarga:
kasallik haqida batafsil ma’lumot beradilar
kasallikni tasdiqlash uchun kerakli barcha tekshiruvlarni o’kazadilar va ularni tushuntiradilar
kasallikni davolash uchun barcha chora tadbirlarni tavsiya etadilar
agar kasallik og’ir kechsa statsionar (yotib davolanish) davo tavsiya etadilar
kasallikni profilaktikasi bilan shug’illanadilar
allergik kasalliklarni davolash maqsadida allergen spetsifik immunoterapiya o’tkazadilar
Ushbu bo’limda faoliyat yurityotgan allergolog shifokorlar bemorlarda uchraydigan quyidagi allergik kasalliklarda ambulator murojaat qilib kelgan bemorlarga yordam beradilar:
Atopik dermatit
Bronxial astma
Qavarchiqlar (eshakyemi)
Oziq ovqatlar sabab kelib chiqqan allergik holatlar
Angionevrotik shish (Kvinke shishi va boshqa shishlar)
Dori sinamalari
Dori vositalaridan vujudga kelgan toksikodermiyalar
Ushbu allergik kasalliklar bilan og’rigan bemorlar uchun ambulator va statsionar sharoitlarda davolanish imkoniyati mavjud. Agar bemor statsionar (yotib davolanish) davolanishi lozim bo’lsa markazda nafas yo’llari va teri allergik kasalliklari bo’limlari ham mavjud.
Butun respublikada yagona bo’lgan, barcha allergik tekshiruvlarga ega, yuqori malakali va ko’p yillik tajribaga ega bo’lgan, chet el mutaaxassislari bilan doimo aloqada bo’lib ushbu davolash standartlari asosida allergolog shifokorlarimiz bemorlar uchun xizmat ko’rsatishga tayyor!
Kattalar poliklinikasi shifokorlariga qabuliga kelish uchun hech qanday yo’llanma kerak emas! Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport) bilan markazga kelib registraturaga uchrashsangiz kifoya.