Republika allergologiya markazi

Загрузка

Метка аллергоцентр

🧐Вы уверены, что это аллергический ринит?

Эндокринолог шифокори бор!

Markazning yetakchi shifokorlari Qoraqalpog`iston Respublikasida bo’lishdi!

2025-yil 5-6-7 fevral kunlari Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari PhD Aydarova N.P. boshchiligidagi markazning yetakchi shifokorlaridan iborat ichshi guruh Qoraqalpog’iston Respublikasining mintaqaviy filialida bo’lishdi.

Avvalo ishlar Qoraqalpog’iston Respublikasi Sog’liqni saqlash boshqarmasi va respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi o’rtasida 2025 yil uchun yangi memorandum imzolandi.

Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiyta va klinik immunologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi direktori t.f.d., professor Razikova Ilmira Sadullayevna shifokorlar uchun «Bronxial astma — Xalqaro GINA tavsiyalari 2024» mavzusida zoom platformasida onlayn ma’ruz o’qib berdilar. Ma’ruzada nafaqat allergolog shifokorlar balki birlamchi bo’g’in umumiy amaliyot shifokorlari ham faol ishtirok etishdi. Bemorlarda va o’z amaliyotlarida uchrayotgan muammolar muhokama qilindi va savollariga javob olishdi.

Markazning yetakchi shifokoraridan iborat ishchi guruh shifokorlar uchun ambulator sharoitda 18 soatli «Allergik kasalliklarni davolash» mavzusida mahorat darslarini o’tib berishdi. Ushbu darslarda faol qatnashgan, barcha bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirgan shifokorlarga sertifikatlar topshirildi.

Albatta ishchi guruh tomonidan ushbu mintaqada allergik kasalliklardan aziyat chekayotgan bemorlar uchun tibbiy ko’rik tashkil qilindi. Joylarda tashkil etilayotgan ushbu tibbiy ko’riklarda o’zlarini ko’p yillardan buyon qiynayotgan savollarga bemorlar markazning yetakchi shifokorlaridan javob olishdi.

Ushbu tibbiy ko’rikda faqatgina bemorlarni ko’rib, ularga kerakli tavsiyalar berishdan tashqari atopiyasi (kuchli allergik kasalliklari bor) bemorlardan markazning ilmiy laboratoriyasida molekular genetik darajada bepul tekshirish uchun qon olindi.

Bemorlar uchun «Astma maktabi» tashkil etilib allergik kasalliklar, ularning sababchilari, davolash usullari va respublika miqyosida allergologiyada soxasida qilinayotgan ishlar va yangiliklar bilan tanishtirildi.

Аллергик касалликлар диагностикаси

  1. Бу аллергиями ёки йўқми? 🤷‍♀️
    Шу вақтгача умумий IgE даражасини аниқлаш аллергияни аниқлашда ишлатилган, аммо ҳозирги вақтда ушбу таҳлилни қўллаш тавсия этилмайди. Чунки аллергик касаллик ҳар доим ҳам умумий IgE нинг сезиларли даражада ошиши билан бирга келмайди ва аксинча — умумий IgE нинг юқори даражаси бошқа кўплаб ҳолатларда (паразитар инфекциялар, саратон, баъзи қон касалликлари, атопик дерматит ва бошқалар) кузатилиши мумкин.
    Саволга жавоб бериш учун (бу аллергия ёки йўқми?) шифокор Phaditop ёки Phaditop infant (болалар) текширувини тавсия қилиши мумкин.
  2. Аллергия сабаби нима? ❓
    Ушбу саволга жавоб бериш учун шифокор қонда специфик IgE миқдорини яъни касаллик сабабчиларини (озиқ овқат аллергенлари, гул чангчалари аллергенлари ва бошқалар) аниқлашни буюриши ёки ушбу аллергенлар билан тери тестларини ўтказиши мумкин.

Phadiatop или общий IgE

Med turizm

  • kasallik haqida batafsil ma’lumot beradilar
  • kasallikni tasdiqlash uchun kerakli barcha tekshiruvlarni o’kazadilar va ularni tushuntiradilar
  • kasallikni davolash uchun barcha chora tadbirlarni amalga oshiradilar
  • kasallikni profilaktikasi bilan shug’illanadilar
  • allergik kasalliklarni davolash maqsadida allergen spetsifik immunoterapiya o’tkazadilar
  • Bronxial astma
  • Qavarchiqlar
  • Atopik dermatit
  • Oziq ovqatlar sabab kelib chiqqan allergik holatlar
  • Dorilar sabab kelib chiqqan allergik holatlar
  • Obstruktiv bronxit
  • Yo’tal
  • Anafilaktik shok
  • Allergik rinit (burun oqishi, bitishi, aksirish)
  • Allergik konyunktivit (ko’z yoshlanishi, qizarishi, qichishishi)
  • Angionevrotik shish (Kvinke shishi va boshqa shishlar)
  • Dori sinamalari
  • Dori vositalaridan vujudga kelgan toksikodermiyalar

+99890 024 55 03

Teri allergik kasalliklari bo’limi

  • kasallik haqida batafsil ma’lumot beradilar
  • kasallikni tasdiqlash uchun kerakli barcha tekshiruvlarni o’kazadilar va ularni tushuntiradilar
  • kasallikni davolash uchun barcha chora tadbirlarni amalga oshiradilar
  • kasallikni profilaktikasi bilan shug’illanadilar
  • allergik kasalliklarni davolash maqsadida allergen spetsifik immunoterapiya o’tkazadilar
  • Layella sindromi
  • Stivens Djonsons sindromi
  • Qavarchiqlar
  • Atopik dermatit
  • Oziq ovqatlar sabab kelib chiqqan teridagi allergik holatlar
  • Dorilar sabab kelib chiqqan allergik holatlar
  • Anafilaktik shok
  • Angionevrotik shish (Kvinke shishi va boshqa shishlar)
  • Dori sinamalari
  • Dori vositalaridan vujudga kelgan toksikodermiyalar

+99890 024 55 03