Республика ихтисослаштирилган аллергология ва клиник иммунология илмий амалий тиббиёт марказида олий тоифали, кўп йиллик тажрибага эга бўлган эндокринолог шифокоримиз Абдуллаева Барно Хикматуллаевна иш бошладилар!
Эндокринолог мутахассисимизга сиз жонли навбат асосида марказга келиб мурожаат қилишингиз мумкин! Агар сизда эндокрин касалликлари мавжуд бўлса албатта ёрдам берамиз!
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-may kunidagi “2030 yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi 184-sonli Qarorining 2-ilova “2030 yilgacha boʻlgan davrda aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish konsepsiyasini 2025-2026 yillarda amalga oshirish boʻyicha “YOʻL XARITASI”ning 53-bandida Davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy veb-saytlarida “Ekofaol xodim” nomli alohida boʻlim ochildi va ijroni samarali ta’minlash uchun ekologik targ’ibot ishlari olib borilmoqda.
2025-yil 5-6-7 fevral kunlari Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazining ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari PhD Aydarova N.P. boshchiligidagi markazning yetakchi shifokorlaridan iborat ichshi guruh Qoraqalpog’iston Respublikasining mintaqaviy filialida bo’lishdi.
Avvalo ishlar Qoraqalpog’iston Respublikasi Sog’liqni saqlash boshqarmasi va respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi o’rtasida 2025 yil uchun yangi memorandum imzolandi.
Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiyta va klinik immunologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi direktori t.f.d., professor Razikova Ilmira Sadullayevna shifokorlar uchun «Bronxial astma — Xalqaro GINA tavsiyalari 2024» mavzusida zoom platformasida onlayn ma’ruz o’qib berdilar. Ma’ruzada nafaqat allergolog shifokorlar balki birlamchi bo’g’in umumiy amaliyot shifokorlari ham faol ishtirok etishdi. Bemorlarda va o’z amaliyotlarida uchrayotgan muammolar muhokama qilindi va savollariga javob olishdi.
Markazning yetakchi shifokoraridan iborat ishchi guruh shifokorlar uchun ambulator sharoitda 18 soatli «Allergik kasalliklarni davolash» mavzusida mahorat darslarini o’tib berishdi. Ushbu darslarda faol qatnashgan, barcha bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirgan shifokorlarga sertifikatlar topshirildi.
Albatta ishchi guruh tomonidan ushbu mintaqada allergik kasalliklardan aziyat chekayotgan bemorlar uchun tibbiy ko’rik tashkil qilindi. Joylarda tashkil etilayotgan ushbu tibbiy ko’riklarda o’zlarini ko’p yillardan buyon qiynayotgan savollarga bemorlar markazning yetakchi shifokorlaridan javob olishdi.
Ushbu tibbiy ko’rikda faqatgina bemorlarni ko’rib, ularga kerakli tavsiyalar berishdan tashqari atopiyasi (kuchli allergik kasalliklari bor) bemorlardan markazning ilmiy laboratoriyasida molekular genetik darajada bepul tekshirish uchun qon olindi.
Bemorlar uchun «Astma maktabi» tashkil etilib allergik kasalliklar, ularning sababchilari, davolash usullari va respublika miqyosida allergologiyada soxasida qilinayotgan ishlar va yangiliklar bilan tanishtirildi.