Bolalar poliklinikasi bo’limi
Ushbu bo’limda Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi bolalar poliklinikasi bo’limi haqida, ushbu bo’limda faoliyat yuritayotgan shifokorlar haqida batafsil ma’lumot olishingiz mumkin.



Bolalar poliklinikasi markazga ambulator murojat qilib kelgan chaqaloqlardan boshlab 18 yoshgacha bo’lgan bo’lgan bolalar uchun xizmat ko’rsatadi.
Bo’lim shifokorlari haqida ma’lumotlar:

Hoshimova Nodira Anvarovna
Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi
Bolalar poliklinikasi bo’limi boshlig’i, bolalar allergolog shifokori

Xodjayeva Shaxzoda Kamron qizi
Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi
Bolalar allergolog shifokori

Ziyayeva Pokiza Hakimjon qizi
Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy amaliy tibbiyot markazi
Bolalar allergolog shifokori
Ushbu bo’limda faoliyat yurityotgan bolalar allergolog shifokorlari bolalarda uchraydigan allergik kasalliklarda ambulator murojaat qilib kelgan bemorlarga:
- kasallik haqida batafsil ma’lumot beradilar
- kasallikni tasdiqlash uchun kerakli barcha tekshiruvlarni o’kazadilar va ularni tushuntiradilar
- kasallikni davolash uchun barcha chora tadbirlarni tavsiya etadilar
- agar kasallik og’ir kechsa statsionar (yotib davolanish) davo tavsiya etadilar
- kasallikni profilaktikasi bilan shug’illanadilar
- allergik kasalliklarni davolash maqsadida allergen spetsifik immunoterapiya o’tkazadilar
Ushbu bo’limda faoliyat yurityotgan bolalar allergolog shifokorlari bolalarda uchraydigan quyidagi allergik kasalliklarda ambulator murojaat qilib kelgan bemorlarga yordam beradilar:
- Atopik dermatit
- Bronxial astma
- Qavarchiqlar (eshakyemi)
- Oziq ovqatlar sabab kelib chiqqan allergik holatlar
- Dorilar sabab kelib chiqqan allergik holatlar
- Obstruktiv bronxit
- Yo’tal
- Kontakt dermatit
- Anafilaktik shok
- Allergik rinit (burun oqishi, bitishi, aksirish)
- Allergik konyunktivit (ko’z yoshlanishi, qizarishi, qichishishi)
- Angionevrotik shish (Kvinke shishi va boshqa shishlar)
- Dori sinamalari
Ushbu allergik kasalliklar bilan og’rigan bemor bolalar uchun ambulator va statsionar sharoitlarda davolanish imkoniyati mavjud. Agar bemor statsionar (yotib davolanish) davolanishi lozim bo’lsa markazda bolalar bo’limi ham mavjud.
Butun respublikada yagona bo’lgan, barcha allergik tekshiruvlarga ega, yuqori malakali va ko’p yillik tajribaga ega bo’lgan, chet el mutaaxassislari bilan doimo aloqada bo’lib ushbu davolash standartlari asosida bolalar allergolog shifokorlarimiz bolalar uchun xizmat ko’rsatishga tayyor!
Bolalar poliklinikasi shifokorlariga qabuliga kelish uchun hech qanday yo’llanma kerak emas! Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (metrika) bilan markazga kelib registraturaga uchrashsangiz kifoya.
Biz bilan bog’laning!
+99890 024 55 03